Dmitriy Donskoy, Dmitriy Ivanovich (1350.12.10 — Moskva — 1389.19.5) — Moskva (1359-yildan) va Vladimir (1362-yildan) ulugʻ knyazi. Ivan II Krasniy (1326—59)ning oʻgʻli. Otasi oʻlgach (1359), Oltin Oʻrda xoni Murod unga ulugʻ knyazlik yorligʻini bergan. Dmitriy Donskoy Moskvada oq harsangdan Kreml bunyod ettirgan (1364). U 1372-yil Tver shahrini qamal qilib, uning knyazi Mixailni sulh tuzishga va ulugʻ knyazlik daʼvosidan butunlay voz kechishga majbur etgan. Soʻng, shu yili Ryazan knyazligini ham oʻziga boʻysundirgan. Shu tariqa Dmitriy Donskoy barcha qoʻshni knyazliklarni itoat ettirib, Oltin Oʻrdaga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. Ammo, 1377-yil Koʻk Oʻrda xoni Arabshoh (1376—77) D. D. qoʻshinini tor-mor keltirib, Suzdal, Nijniy Novgorod va Ryazan knyazliklarini ishgʻol qilgan. 1380 yil D. D. Oltin Oʻrda tumanboshilaridan biri — Mamay qoʻshinlari bilan jang qilib, uni yenggan (qarang Kulikovo jangi). 1381-yil Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxon Dmitriy Donskoy qoʻshinini butunlay tor-mor keltirib, Moskvani ishgʻol qilgach, Rus yana Oltin Oʻrdaga qaram boʻlib qolgan.

Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Qirol oila aʼzosi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dmitriy donskoy haqida ma’lumot. dmitriy donskoy nima? dmitriy donskoy nimani anglatadi?