Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Diaxroniya (dia... va yun. chronos — vaqt, zamon) — til tizimining lingvistik tadqiqot manbai sifatidagi tarixiy taraqqiyoti, til taraqqiyotini vaqt nuqtai-naza

Diaxroniya

Diaxroniya (dia... va yun. chronos — vaqt, zamon) — til tizimining lingvistik tadqiqot manbai sifatidagi tarixiy taraqqiyoti, til taraqqiyotini vaqt nuqtai-nazaridan oʻrganish. Tilshunoslikda D. tushunchasi sinxroniyaga qarama-qarshi qoʻyiladi. Diaxronik lingvistika baʼzan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, 20-asrdan boshlab tarixiy fonetika bilan aynan bir narsa deb qaraldi. Keyinchalik uning tadqiqot obʼyekti sifatida tildagi oʻzgarishlarni, bu oʻzgarishlarning sabablarini, paydo boʻlish davrini oʻrganish nazarda tutildi. 20-asr 2-yarmida diaxronik yondashish, til tarixini davrlarga boʻlib oʻrganish bilan bogʻliq sof tarixiy yoʻnalishdan farqli oʻlaroq, til tizimida sodir boʻladigan diaxronik oʻzgarishlarni, tilning tizim sifatidagi taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrganishga qaratildi. D. til faoliyati xususiyatlarini zamonda, jumladan, sinxroniyada bilishga imkon beruvchi vosita boʻlib, umuman til nazariyasining muhim qismidir.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, diaxroniya haqida ma’lumot. diaxroniya nima? diaxroniya nimani anglatadi?

Yuqori