Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dehqonobod – Sirdaryo viloyatidagi shaharcha. Guliston tumanining markazi. Aholisi 10,5 ming kishi (2000); asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, kor

Dehqonobod

Dehqonobod – Sirdaryo viloyatidagi shaharcha. Guliston tumanining markazi. Aholisi 10,5 ming kishi (2000); asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, koreys, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Viloyat markazi – Gulistondan 24 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Guliston (24 km).

Dehqonobod
shaharcha
40°31′53″N 69°02′03″E / 40.53139°N 69.03417°E / 40.53139; 69.03417
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Sirdaryo
tuman Guliston
Aholisi
10 500
Vaqt mintaqasi UTC+5
Dehqonobod xaritada
Dehqonobod
Dehqonobod

Dehqonobodda dastlab 1886-yil Rossiyaning Poltava, Tver guberniyalaridan podsho hukumati tomonidan koʻchirib keltirilgan rossiyaliklar yashagan. 1887-yildan qishloq Romanovsk deb atalgan. 1913-yil hozirgi mudofaa ishlari boʻlimi binosida rus-tuzem maktabi ochilgan. 1923—1992-yillarda Krestyanok posyolkasi deb atalgan.

Dehqonobodda 2 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, qishloq xoʻjalik litseyi, sanatoriy tipidagi internat maktabi mavjud. 1997-yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining tasviriy va amaliy sanʼat internat maktabi tashkil etildi. 1941—45-yillardagi urush qurbonlariga yodgorlik monumenti oʻrnatilgan. 1986-yil Alisher Navoiy nomidagi madaniyat saroyi qurildi. Dehqonobodda viloyat „Ona va bolalar“ fizioterapiya shifoxonasi, markaziy kasalxona, bolalar kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 30 dan ziyod savdo, umumiy ovqatlanish va 10 dan ortiq maishiy xizmat punkti bor. Avtokorxona, 3 qurilish koʻchma kolonnasi, 2 taʼmirlash korxonasi, faoliyat koʻrsatmoqda. 1998-yil „Supermarket“, „Dehqon bozori“ qurib foydalanishga topshirildi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dehqonobod haqida ma’lumot. dehqonobod nima? dehqonobod nimani anglatadi?

Yuqori