Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dargʻinlar — Dogʻiston Respublikasida yashaydigan xalq. Umumiy soni 280,4 ming (1990-yillar oʻrtalari). Dargʻin tilida gaplashadi. Hozir dargʻinlar oʻz tarkibig

Dargʻinlar

Dargʻinlar — Dogʻiston Respublikasida yashaydigan xalq. Umumiy soni 280,4 ming (1990-yillar oʻrtalari). Dargʻin tilida gaplashadi. Hozir dargʻinlar oʻz tarkibiga kaytag va kubachi etnografik guruhlarini singdirib bormoqda. Dargʻinlar oʻzlarini dargan, kaytaglar — xaydak, kubachilar — urbuchan deb ataydilar. Dargʻinlar haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 9-asr arab mualliflarining asarlarida uchraydi. Dargʻinlar togʻli tumanlarda chorvachilik, togʻ oldi mintaqalarida bogʻ-dorchilik bilan shugʻullanadi. Hunarmandchilik (asosan miskarlik) taraqqiy qilgan. Dindorlari islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dargʻinlar haqida ma’lumot. dargʻinlar nima? dargʻinlar nimani anglatadi?

Yuqori