Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dard tillari - tillar guruhi. Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonning tutash hududlarida tarqalgan. Dard tillari hind-eron tillari tarkibiga kiradi, hind va fors

Dard tillari

Dard tillari - tillar guruhi. Afgʻoniston, Pokiston va Hindistonning tutash hududlarida tarqalgan. Dard tillari hind-eron tillari tarkibiga kiradi, hind va fors tillariga nisbatan oraliq tillar hisoblanadi. Uchta kichik guruhga ajraladi. Ular orasida keng maʼlum boʻlganlari — kashmiri, shina, koʻhiston tillar guruhi (sharq, kichik guruh); kxovar, kalasha, poshshoyi, tiraxi, gavar, votipuri va boshqa (markaziy kichik guruh); ashkur, prasun, vaygali, kati, dameli (gʻarbiy kichik guruh, koʻpincha kofiriy deb yuritiladi). Fonetikasida konsonantlik ustun. Nafas chiqarish bilan talaffuz etiladigan (gʻarbiy kichik guruhdagi 4 til bundan mustasno), dimogʻda talaffuz etiladigan va baʼzilarida yumshoq talaffuz etiladigan undosh tovushlar mavjud. Yozuvi faqat kashmiri alifbosi asosida.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dard tillari haqida ma’lumot. dard tillari nima? dard tillari nimani anglatadi?

Yuqori