Bugʻusimonlar — juft tuyoqli sut emizuvchilar oilasi. Dumi kalta, boshi uzunchoq, oyoqlari ingichka, qomati kelishgan. Yuqori jagʻida kurak tishlari yoʻq. Oziq tishlari yassi, dumi ostida katta oq xoli – „darcha“si bor. Yosh bugʻusimonlar koʻpincha olachipor boʻladi. Suv bugʻusimonlardan tashqari, deyarli hamma Bugʻusimonlarning shoxi bor, lekin ayrim turlarining faqat erkagida shox boʻladi. Shimol bugʻusining erkagi ham, urgʻochisi ham shoxli. Bugʻusimonlar Yevropa, Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Togʻ va tekisliklardagi oʻrmon, toʻqay, oʻrmondasht va tundrada yashaydi. Turli oʻtlar, butalar, har xil oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Bugʻusimonlar 1,5 yoshda voyaga yetadi. Kuzda yoki yoz oxirida juftlashadi. Bu vaqtda erkaklari boʻkirib yuradi. Urgʻochisi bahorda yoki yoz boshida 1–2 ta, suv bugʻusimonlar 4 ta va undan ham koʻproq tugʻadi. Bahor va kuzda, baʼzi turlari faqat bahorda tullaydi. Bugʻusimonlarning 48 turi boʻlib, ular muntjaklar, suv bugʻusimonlar, asl bugʻusimonlar va Amerika bugʻulari 4 kenja oilaga boʻlinadi. Muntjaklar kenja oilasiga mansub bugʻusimonlarning boʻyi 60 sm, shoxi kalta. Erkagining ustki jagʻida xanjardek uzun qoziq tishlari bor. Bu kenja oila 2 urugʻ: muntjaklar va tojli bugʻulardan iborat. Muntjaklar urugʻining vakili – Hindiston muntjagi. Suv bugʻusimonlari kenja oilasining faqat 1 turi boʻlib, Xitoyda uchraydi. Dare soxdllaridagi qamishzorlarda 2–3 tadan boʻlib yuradi. Boʻyi past (0,5 m cha), shoxi yoʻq. Erkagining ustki jagʻidagi uzun qoziq tishlari tashqariga chiqib turadi. Asl bugʻusimonlar kenja oilasi buyi 0,6–2,2 m keladigan, ancha yirik hayvonlardir. Ustki jagʻlaridagi qoziq tishlari kichkina yoki butunlay boʻlmaydi. Bu kenja oila yelik, los va hokazodan iborat urugʻlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda asl B.ning bir turi – xongul yashaydi. Amerika bugʻusimonlari kenja oilasi boʻyi 0,3–1,3 m keladigan mayda va oʻrta boʻyli bugʻulardan iborat. Boshqa B.danʼbosh skletidagi baʼzi suyaklarining tuzilishi bilan farq qiladi. Bu kenja oila mazamalar, pudu, pampas va shimol bugʻulari urugʻlariga boʻlinadi. Bugʻusimonlar koʻplab ovlanadi. Goʻshti va terisidan foydalaniladi. Asl bugʻuning pant deb ataladigan yosh shoxlaridan dori tayyorlanadi. Shimol bugʻusi xonakilashtirilgan boʻlib, xoʻjalik uchun katta ahamiyati bor. Kaborgilarning bir turi tarqalgan. Bugʻusimonlarning 11 turi 20 kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
| Bugʻusimonlar | ||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| ||||||||||||||||||
| Bugʻusimonlarning beshta turi | ||||||||||||||||||
| Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
| Cervidae Goldfuss, 1820 | ||||||||||||||||||
Ostoila | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Klassifikatsiyasi
Bugʻusimonlar oilasi 3 ostoila, 19 urugʻ va 51 turni oʻz ichiga oladi
| Tashqi koʻrinishi | Nomi | Lotincha nomi | Ostturlari |
|---|---|---|---|
| Bugʻusimonlar oilasi (Cervidae) | |||
| Yeliksimonlar ostoilasi (Capreolinae) | |||
| Bulonlar urugʻi (Alces) | |||
| Yevropa buloni | Alces alces |
| |
| Amerika buloni | Alces americanus |
| |
| Botqoq yeliklari urugʻi (Blastocerus) | |||
| Botqoq yeligi | Blastocerus dichotomus | ||
| Yeliklar urugʻi (Capreolus) | |||
| Yevropa yeligi | Capreolus capreolus |
| |
| Sibir yeligi | Capreolus pygargus |
| |
| And yeliklari urugʻi (Hippocamelus) | |||
| Shimoliy And yeligi | Hippocamelus antisensis | ||
| Janubiy And yeligi | Hippocamelus bisulcus | ||
| Mazamalar urugʻi (Mazama) | |||
| Qizil mazama | Mazama americana |
| |
| Kichik qizil mazama | Mazama bororo | ||
| Mazama bricenii | Mazama bricenii | ||
| Mitti mazama | Mazama chunyi | ||
| Kulrang mazama | Mazama gouazoubira |
| |
| Mazama nana | Mazama nana | ||
| Yukatan qoʻngʻir mazamasi | Mazama pandora | ||
| Ekvador qizil mazamasi | Mazama rufina | ||
| Markazaiy Amerika qizil mazamasi | Mazama temama |
| |
| Amerika bugʻulari urugʻi (Odocoileus ) | |||
| Qora dumli bugʻu | Odocoileus hemionus |
| |
| Oq dumli bugʻu | Odocoileus virginianus |
| |
| Pampas bugʻulari urugʻi (Ozotoceros) | |||
| Pampas bugʻusi | Ozotoceros bezoarticus |
| |
| Pudular urugʻi (Pudu) | |||
| Shimoliy pudu | Pudu mephistophiles | ||
| Janubiy pudu | Pudu puda | ||
| Shimol bugʻulari urugʻi (Rangifer) | |||
| Shimol bugʻusi | Rangifer tarandus |
| |
| Asl bugʻusimonlar ostoilasi (Cervinae) | |||
| Aksislar urugʻi (Axis) | |||
| Aksis | Axis axis | ||
| Kalamian bugʻusi | Axis calamianensis | ||
| Bavean bugʻusi | Axis kuhlii | ||
| Tongʻiz bugʻu | Axis porcinus |
| |
| Asl bugʻular urugʻi (Cervus) | |||
| Maral (asl bugʻu) | Cervus elaphus |
| |
| Vapiti (sharq asl bugʻusi) | Cervus canadensis |
| |
| Dogʻli bugʻu | Cervus nippon |
| |
| Kiyiklar urugʻi (Dama) | |||
| Kiyik | Dama dama |
| |
| Aydarli bugʻular urugʻi (Elaphodus) | |||
| Aydarli bugʻu | Elaphodus cephalophus |
| |
| David bugʻular urugʻi (Elaphurus) | |||
| David bugʻusi | Elaphurus davidianus | ||
| Muntjaklar urugʻi (Muntiacus) | |||
| Borneo sariq muntjagi | Muntiacus atherodes | ||
| Qora muntjak | Muntiacus crinifrons | ||
| Fea muntjagi | Muntiacus feae | ||
| Gongshan muntjagi | Muntiacus gongshanensis | ||
| Hind muntjagi | Muntiacus muntjak |
| |
| Vyetnam muntjagi | Muntiacus puhoatensis | ||
| Muntiacus putaoensis | Muntiacus putaoensis | ||
| Xitoy muntjagi | Muntiacus reevesi |
| |
| Roosevelt muntjagi | Muntiacus rooseveltorum | ||
| Muntiacus truongsonensis | Muntiacus truongsonensis | ||
| Ulkan muntjak | Muntiacus vuquangensis | ||
| Przewalskium | |||
| Przewalskium albirostris | Przewalskium albirostris | ||
| Qizil bugʻular urugʻi (Rucervus) | |||
| Barasinga | Rucervus duvaucelii |
| |
| Eld bugʻusi | Rucervus eldii |
| |
| Schomburg bugʻusi | Rucervus schomburgki | ||
| Zambarlar urugʻi (Rusa) | |||
| Filippin dogʻli bugʻusi | Rusa alfredi | ||
| Filippin zambari | Rusa marianna |
| |
| Yava zambari | Rusa timorensis |
| |
| Hind zambari | Rusa unicolor |
| |
| Suv bugʻusimonlari ostoilasi (Hydropotinae) | |||
| Suv bugʻulari urugʻi (Hydropotes ) | |||
| Suv bugʻusi | Hydropotes inermis |
| |
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Wilson D. E. & Reeder D. M.. Mammal Species of the World. ISBN 0801882214.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bugʻusimonlar haqida ma’lumot. bugʻusimonlar nima? bugʻusimonlar nimani anglatadi?
