Beshkent tumani — Oʻzbekiston SSR Qashqadaryo okrugi, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tarkibidagi maʼmuriy birlik. 1926—1930 va 1935—1959- yillarda mavjud boʻlgan.
| tuman | |
|---|---|
| Tegishli | Qashqadaryo viloyati, Surxondaryo viloyati, Buxoro viloyati |
| Tarkibida | 13 ta qishloq sovetlari |
| Maʼmuriy markazi | Beshkent |
| Asos solingan sanasi | 1926-yil, 1935-yil |
| Bekor qilingan sanasi | 1930-yil, 1965-yil |
| Aholi | 41 158 kishi (1939) |
| Maydoni | 3,19 ming km² |
| Xaritada | |
Tarixi
1926-yilda Beshkent tumani Oʻzbekiston SSR Qashqadaryo okrugi tarkibida tashkil etilgan. Markazi Beshkent qishlogʻi. 1930-yilda tuman tugatildi. 1935-yilda tuman Oʻzbekiston SSR Qashqadaryo okrugi tarkibida qayta tiklangan boʻlsa, dastlab Kasbi tumani, keyinchalik esa Oktyabr tumani deb nomlagan. 1938-yil 15-yanvarda tuman Buxoro viloyati tarkibiga, 1943-yil 20-yanvarda esa Qashqadaryo viloyati tarkibiga o‘tkaziladi. 1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibiga 13 ta qishloq sovetlari kirgan: Beshkent, Denov, Jeynov, Qozoq, Qamashi, Kasbi, Kauchuk, Qahlyak, Mugʻlon, Toliqoʻrgʻon, Pamuk, Xoʻjaxayram va Chandir. 1960-yil 25-yanvarda tuman Surxondaryo viloyati tarkibiga o‘tkazildi. 1962-yil 24-dekabrda Beshkent tumani tugatildi.
Aholisi
1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 50 368 kishi, jumladan oʻzbeklar 75,4%, turkmanlar 8,4%, tojiklar 7,1%, arablar 5,5%, ruslar 1,4%, tatarlar 1,1% tashkil qilgan. 1959-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga asosan, tumanda 41 158 kishi istiqomat qilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, beshkent tumani haqida ma’lumot. beshkent tumani nima? beshkent tumani nimani anglatadi?