Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bangladesh Xalq Respublikasi (Gono Projatontri Bangladesh) – Janubiy Osiyodagi davlat. Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻi boʻyida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan

Bangladesh

Bangladesh Xalq Respublikasi (Gono Projatontri Bangladesh) – Janubiy Osiyodagi davlat. Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻi boʻyida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 4 viloyatga boʻlinadi, ular 19 okrug (distrikt)ni oʻz ichiga oladi. Maydoni 144 ming km2. Aholisi 204 422 000 kishi (8oʻrin). Poytaxti – Dakka shahri.

Bangladesh Xalq Respublikasi
bengalcha: গণপ্রজাতন্ত্রী বাংলাদেশ
Gerb of Bangladesh
Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: আমার সোনার বাংলা
(Amar Shonar Bangla)
Location of Bangladesh
Poytaxt Dakka
Rasmiy til(lar) Bengal tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Zillur Rahman
• Bosh Vazir
Sheikh Hasina
Mustaqillik (Pokistondan)
• Sana
16-dekabr 1971
Maydon
• Butun
144,000 km2 (92-oʻrin)
• Suv (%)
6.4
Aholi
• 2011-yilgi roʻyxat
142 319 000 (9-oʻrin)
• Zichlik 1099,3/km2
YIM (XQT) 2010-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$258,600 mil. (48-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,700
Pul birligi Taka (BDT)
Vaqt mintaqasi UTC+6
• Yoz (DST)
UTC+6
Qisqartma BG
Telefon prefiksi 880
Internet domeni .bd
tahrir kuzat

Davlat tuzumi

Bangladesh – unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. 1972-yilgi konstitutsiyaga binoan davlat boshligʻi – prezident. Bangladeshda bir palatali parlament – Milliy majlis ish olib boradi. Uning 330 deputati mamlakat prezidenti kabi 5 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni prezident hukumat bilan birga boshqaradi.

Tabiati

 
Bengal yoʻlbarsi

Mamlakat Gang, Brahmaputra oʻrtacha harorat 26 °C. Eng iliq oy aprelda harorat 33° dan 36° gacha boʻladi. Dunyodagi eng nam iqlimlardan biri shu yerda. Mamlakatning koʻp qismiga yiliga oʻrta hisobda 1525 mm gacha yogʻin yogʻsa, ayrim togʻ oldi hududlariga 5080 mm gacha yogʻadi. Musson davri (iyun—sentabr) eng seryogʻin paytdir. Daryolarda timsoh, toshbaqa, baliqdar bor. Bangladesh hududining 15 % ga yaqini doimo yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Ularda bambuk va rotang daraxtlari (palmaning bir turi) koʻp. Madxupur va Sundarban changalzorlarida yoʻlbars va mushuksimonlarning boshqa turlari, togʻli joylarda fil, qoplon va karkidonlar uchraydi.

Aholisi

 
Westbengal/India

Aholisining 98% bengallar. Biharlar, santallar, munda, oraon, chakma, marma, kxas qabilar ham yashaydi. Rasmiy tili – bengal va ingliz tillari. Aholining 85% musulmon. Bangladesh tugʻilish va aholining zichligi jihatidan dunyoda eng yuqori oʻrinlardan birida turadi. Shahar aholisi 24% ni tashkil etadi. Eng katta shaharlari: Dakka, Chittagong Rajshahi. Aholisi 2022-yil maʼlumotlariga koʻra 169,8 mln kishi dunyoda 8 oʻrin. Dunyoda musulmonlar soni boʻyicha 3 oʻrin turadi.

Tarixi

Bengal mintaqasidagi tsivilizatsiya taxminan to'rt ming yil oldin, Dravidlar, Tibet-Birma va Avstroosiyo xalqlari bu mintaqaga joylashgan paytda paydo bo'lgan. Bangla yoki Bengal so'zining aniq kelib chiqishi noma'lumligicha qolmoqda, ammo u miloddan avvalgi 1000-yillarda mintaqaga kelgan Dravidlar qabilalaridan meros bo'lib qolgan Bang so'zidan kelib chiqqan deb ishoniladi. Bangladesh hududi (sobiq Sharqiy Bengaliya)da dastlabki davlat miloddan avvalgi 7 – 6- asrlarda paydo boʻlgan. Vanga davlati (keyinchalik Bangla; davlatning hozirgi nomi ham shundan kelib chiqqan) shularning biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrdan milodiy 5-asrgacha Bangladesh hududi turli gʻind saltanatlari tarkibida boʻldi. 6-asrda u Gʻarbiy Bengaliya bilan yagona Bengaliya davlati boʻlib shakllandi. 13-asr boshlarida Dexli sultonligining musulmon sultonlari uni bosib olishdi. Shu tufayli bu yerda musulmon dini tarqaldi (ilgari hindu dini ustun edi). 16-asrda boburiylardan Akbarshoh bengaliyani Hindistonga qoʻshib oldi. 18-asr boshlarida Bangladesh hududi mustaqil boʻldi, 1757-yildan inglizlar qoʻliga oʻtdi, soʻngra Angliyaning Hindiston mustamlakasi tarkibidagi Sharqiy Bengaliya viloyatiga aylandi. 1947-yil Hindiston mustaqillikka erishgach, bu yerda ikki davlat – Pokiston va Hindiston vujudga kelishi munosabati bilan Sharqiy Bengaliya Assom okrugiga qoʻshilib, Pokistonning yangi viloyati sifatida „Sharqiy Pokiston“ nomini oldi. Biroq Gʻarbiy Pokiston bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar 1971-yilda Bangladeshning mustaqil deb eʼlon qilinishiga olib keddi. 1974-yildan Bangladesh – BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 26-mart – Mustaqillik kuni. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarni 1992-yil oktabrda oʻrnatgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

Bangladesh ishchi-dehqon xalq ligasi; Xalq ligasi; Bangladesh millatchi partiyasi; Milliy xalq partiyasi; Milliy partiya. Milliy ishchi ligasi kasaba uyushmasi birlashmasi; Ishchi va xizmatchilarning birlashgan kengashi; Bangladesh kasaba uyushmalari markazi.

Xoʻjaligi

 
Bengal dehqonlari sholi maydonida.

Bangladesh – agrar mamlakat. Mehnatga layoqatli aholining 80% qishloq xoʻjaligi bilan mashgʻul. Ishlanadigan yerning 50% dan yiliga 2 – 3-marta hosil olinadi. Ammo qishloq xoʻjaligi mamlakat aholisining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirolmaydi. Doimiy boʻlib turadigan tabiiy ofatlar, ayniqsa suv toshqinlari qishloq xoʻjaligi ishlarini qiyinlashtiradi. Asosiy ekinlari sholi (ishlanadigan yerning 90%ga ekiladi), jut, choy (umumiy maydoni 47 ming ga), bugʻdoy, shakarqamish, dukkakli ekinlar, moyli ekinlar (raps, kunjut, xantal, arahis va boshqalar) ham yetishtiriladi. Chorvachilik kam rivojlangan. Qoramol (asosan ulov uchun), echki, qoʻy, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoat mamlakat ehtiyojining juda oz qismini qondiradi. Asosan qihsloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Asosiy tarmoqlari – toʻqimachilik (ayniqsa, jut va ip gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, yogʻ, tamaki, sholi, choy). Jundan mahsulot ishlab chiqarishda Hindistondan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Qogʻoz, kimyo, neft mahsulotlari, sement, mashinasozlik va sanoatning boshqa tarmoqlari korxonalari bor. Energetika mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Bir yilda 8,1 mlrd. kVt-s elektr energiya hosil qilinadi.

Transporti

 
Fregat VMS Bangladesh.

Yuklarning koʻpi suv yoʻllari orqali tashiladi. Temir yoʻlining uzunligi 2,7 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 193 ming km. Eng katta dengiz portlari – Chittagong va Chalna. Chetga jun, teri mahsulotlari, choy, baliq chiqaradi. Xalqaro aeroporti – Dakka shahrida. 1988-yil va 1991-yildagi suv toshqinlari transport va kommunikatsiya tizimiga katta ziyon yetkazgan. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari – AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy. Pul birligi – taka.

Maorifi

Ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Bangladesh aholisining 75% dan koʻprogʻi savodsiz. Bolalarning 60%ga yaqini boshlangʻich maktabga qatnaydi. Dunyoviy maktablardan tashqari diniy maktablar ham bor. Texnika kollejlariga oʻquvchilar kamroq kiradilar. Bangladeshda 6 universitet (eng kattalari Dakka va Rajshaxi shaharlarida), bir qancha institutlar, jumladan politexnika, toʻqimachilik institutlari, qishloq xoʻjalik akademiyasi bor. Bengaliya akademiyasi, atom energiyasi, qishloq xoʻjalik va oʻrmonchilik, iqtisodiyot, tibbiyot, huquq va xalqaro munosabatlar ilmiy tadqiqot muassasalarida tadqiqot ishlari olib boriladi. Dakkada markaziy ommaviy va universitett kutubxonalari, 2 muzey mavjud.

Matbuoti

Radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Bangladeshdagi yirik gazetalar – „Ozodi“ (bengal tilidagi kundalik gazeta, 1960-yilda tashkil etilgan), „Bangladesh-observer“ („Bangladesh sharhlovchisi“, 1949), „Bangladesh tayme“ („Bangladesh vaqti“, 1949), „Doynik Bangla“ („Kundalik Bengaliya“, 1964). Davlat axborot agentligi – „Bangladesh Sangbad Sangasta“ 1972-yil va xususiy agentlik – „Istern nyus Eyjensi“ 1970-yilda tuzilgan. Bangladesh radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi davlat qaramogʻida.

Adabiyoti

Bangladesh adabiyoti bengal tilida bengal adabiyoti anʼanalari asosida rivojlanmoqda. 10 – 12-asrlarda tuzilgan diniy mazmundagi madhiyalar toʻplami – „Chorjapod“ bengal tilidagi ilk yozma yodgorlik hisoblanadi. 16— 17-asrlarda sheʼriyat gullab yashnadi. Oʻrta asrlarda turli ilohlarga bagʻishlangan rivoyat, dostonlar katta ahamiyat kasb etdi. Musulmon shoirlardan Davlat Qozi va Sayid Alaol birinchi bor dunyoviy mavzularga murojaat qildilar hamda Bengaliyadagi hindu va musulmon madaniyatini bir-biriga birlashtirdilar. Musulmon adiblar arab va fors sheʼriyati uslublari, oʻxshatmalaridan, musulmon anʼanalariga aloqador ohang va voqealardan barakali foydalandilar. Bu yoʻnalish 17-asrda vujudga keddi va 19 – 20-asrlarda Mir Musharraf Husayn, Koykobod, Nazrul Islom, Abdul Fazl, Abdul Qodir kabi yozuvchilar uni yuksak choʻqqiga koʻtarishdi. Fylom Mustafo, Ravshan Yazdoni, Jasimuddin kabi shoirlar, jamoat arbobi va shoira Begum Sufiya Kamol 20-asr Bangladesh adabiyotining eng mashhur vakillaridir. Shoirlardan Shamsur Rahmon, Hasan Hafizur Rahmon va boshqalarlar ijtimoiy mavzularda qalam tebratdilar. 19 – 20-asr bengal adabiyotining yirik namoyandasi P. Tagordir. Uning ijodi butun Hindiston adabiyotiga taʼsir oʻtkazgan. Sh. Chottopaddhayya (1876 www.ziyouz.com kutubxonasi 83—1938), B. Bondopadhayya (1896-1950) kabi yozuvchilar uning maktabidan yetishib chiqqanlar. Bangladesh mustaqillikka erishgandan soʻng qisqa pesa va hikoyalar, vatanparvarlik va muhabbatni madh etuvchi sheʼrlar yetakchi janr boʻlib qoldi. Ijtimoiy masalalar, fuqarolik jamiyati, insonparvarlik mavzularida nasriy asarlar yuzaga keldi.

Meʼmorligi va sanʼati

Bangladesh hududida 7—12-asrlarga mansub shahar va ibodatxonalarning vayronalari, 12 – 13-asrlarda bino qilingan masjid, Madrasa va maqbaralar saqlanib qolgan. 16— 17-asrlar meʼmorligi islom uslubi qoidalariga moslangan. Ingliz mustamlaka hukmronligi davrida anʼanaviy uslubdagi binolar (Dakkadagi „Yudduzli masjid“, 18- asr) bilan bir qatorda ingliz neoklassikasi uslubidagi yangi imoratlar (Dakkadagi bank binosi, 19- a.) paydo boʻldi. Shaharlarda zamonaviy uslubdagi jamoat, uy-joy, sanoat binolari qad koʻtardi. B.da qadimdan bezakli amaliy sanʼat (toʻquvchilik, kashtachilik, yogʻoch va fil suyagi oʻymakorligi) rivojlangan. Tasviriy sanʼatda ilgʻor yoʻnalish davom etmoqda. Kino sanʼati 1959-yildan rivojlana boshladi („Shunday kun kelar“ filmi, rejissor J. Kardar).

Galereya

 
Bangladesh Football Ultras celebrate during their 2026 World Cup Qualifier game against Lebanon.
 
This is the scene where army was controlling the crowd due at Segunbagicha High School, Dhaka due to the appearance of Nasiruddin Patwary (Candidate of the Dhaka-08).
 
Students of Bangladesh demanding reforms in the quota system in public service, April 2018.
 
Pangas fish is one of the popular fish for culture in Bnagladesh.

Shuningdek qarang

  • Pokiston
  • Hindiston
  • Myanma
  • Dakka
  • Butan
  • Bengaliya

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bangladesh haqida ma’lumot. bangladesh nima? bangladesh nimani anglatadi?

Yuqori