Avstriya-Vengriya imperiyasi – Avstriya va Vengriyaning hukmron sinflari oʻrtasidagi bitim asosida 1867-yilda Avstriya imperiyasini qayta tuzish natijasida tashkil topgan dualistik (birlashgan ikki davlatli) monarxiya. Bu monarxiya: Avstriya (Sis-leytaniya) va Vengriya qirolligi (Transleytaniya)dan tashkil topdi. Avstriya tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya, Bukovina va boshqa yerlar, Vengriya qirolligiga Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniya va boshqa yerlar kirdi. Oʻsha yili yangi konstitutsiya qabul qilindi. Avstriya-Vengriya imperiyasi hokimiyatini Avstriya imperatori boshqardi (u Ven-griya qiroli degan unvonga ham ega edi). Imperator hokimiyati rasman Avstriyada reyxstag, Vengriyada seym tomonidan cheklandi. Butun imperiya boʻyicha uch ministrlik: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy va dengiz; 3) moliya ministrliklari tashkil etildi. Harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari imperiyaning har ikki qismida ham mavjud edi. Boshqa ministrliklar Avstriyada ham, Vengriyada ham mustaqil ish yuritgan. 1867-yil bitimiga binoan, Vengriya oʻz parlamentiga, ministrliklariga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatga ega boʻldi. Birinchi jahon urushida Avstriya-Vengriya imperiyasining magʻlubiyati va milliy ozodlik kurashlari natijasida 1918-yilning oxirida Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi. Avstriya-Vengriya imperiyasi oʻrnida Avstriya, Vengriya, Chexoslovakiya davlatlari tuzildi, hududning bir qismi esa Yugoslaviya, Ruminiya va Polsha tarkibiga kiritildi.
| Avstriya-Vengriya imperiyasi olmoncha: Österreich-Ungarn veng.: Ausztria-Magyarország Imperiya | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Shiori lotincha: Viribus Unitis («Birlashgan harakat») hamda lotincha: Indivisibiliter ac Inseparabiliter («Boʻlinmas va ajralmas») | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Madhiya olmoncha: Gott erhalte, Gott beschütze («Боже, храни, Боже, защищай») | |||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() Avstriya-Vengriya 1908—1918-yillarda | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| Poytaxti | Vena, Budapesht | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| Til(lar)i | nemis, venger | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| Dini | katolik, provaslav, kalvinizm, yahudiylik, lyuteranlik va islom (1908-yildan keyin) | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| Pul birligi | gulden, krona (1892-yildan) | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| Maydoni | 676 615 km² | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| Aholisi | 52 749 900 kishi | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| Boshqaruv shakli | qoʻshhokimlik | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| Sulola | Gabsburg-Lotaringlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() Avstriya Imperatori, Vengriya apostol qiroli, Bogemiya qiroli va b. | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| - 1848-1916 | Frants Iosif I | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| - 1916-1918 | Karl I | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| - | Fridrix fon Beyst | ||||||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||||||
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, avstriya-vengriya imperiyasi haqida ma’lumot. avstriya-vengriya imperiyasi nima? avstriya-vengriya imperiyasi nimani anglatadi?


