Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Arsen Georgiyevich Avakov (1971-yil 28-mayda Dushanbeda tugʻilgan) – sovet, tojik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi va hujumchi pozitsiyalar

Arsen Avakov

Arsen Georgiyevich Avakov (1971-yil 28-mayda Dushanbeda tugʻilgan) – sovet, tojik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida oʻynagan. Avakov Tojikiston milliy terma jamoasi safida ham toʻp tepgan.

Arsen Avakov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arsen Georgievich Avakov
Tavallud sanasi 28-may 1971-yil (1971-05-28) (54 yosh)
Tavallud joyi Dushanbe, Tojikiston SSR, Soviet Union
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Strayker
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1992 Pomir Dushanbe 7 (0)
1992—1994 Temp Shepetivka 48 (7)
1994—1996 Torpedo Zaporijjia 48 (25)
1996—1997 Torpedo Lujniki 25 (6)
1996   Torpedo-Lujniki-d 5 (8)
1997 Shinnik Yaroslavl 17 (4)
1996—1997 Torpedo Lujniki 23 (5)
1996   Torpedo-Lujniki-d 2 (1)
1999 Lokomotiv Nijniy Novgorod 28 (13)
1996—1997 Torpedo Lujniki 23 (3)
2001—2002 Uralan Elista 53 (16)
Total 278 (84)
Milliy terma jamoa
1992—1999 Tojikiston 10 (5)
Boshqargan klublari
2014—2018 TSK Simferopol (jamoa boshligʻi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

Arsen Dushanbedagi futbol maktabining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning futboldagi birinchi murabbiysi Stepan Konstantinovich Burlachko hisoblanadi. Futbolcchilik faoliyatining dastlablik davrlarida „Pomir“ klubining oʻrinbosarlar jamoasida, keyinchalik asosiy tarkibda oʻynagan. 1991-yilda SSSRning soʻnggi chempionatining oliy ligasida yetti oʻyin oʻtkazgan. 1992-yil Moskvada soʻngi bor oʻtkazilgan SSSR/MDH kubogining yarim final uchrashuvida CSKA Moskva klubiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan.

Tojikiston mustaqilligining ilk yillaridagi harbiy vaziyat tufayli „Pomir“ futbolchilarining katta qismi Rossiyaga yoʻl olgan vaqtida, Arsen Moskvaning „Lokomotiv“ jamoasi tavsiyasi orqali Ukraina jamoasiga oʻtgan. Uni dastlab Lokomotiv jamoasiga Yuriy Syomin taklif qilgan. SSSR parchalanishi natijasida boshqa respublikalardan kelgan oʻyinchilar yetarli edi, shu bois Avakov oʻsha paytda Moskvada boʻlgan Shepetovkaning „Temp“ klubi prezidenti Jumber Nishnianidzega tavsiya etilgan.

Arsen „Pomir“ klubida oʻynagan davrida himoyachi pozitsiyasida oʻynab kelgan, chunki hujum chizigʻidagi kuchli raqobat tufayli mudofaaga oʻtkazilgandi. „Temp“ jamoasida Leonid Tkachenko hujumchilar yetishmasligi sababli uni hujum chizigʻiga koʻchirgan boʻlsa-da, Avakovning oʻz soʻzlariga koʻra, u himoyada oʻynashni maʼqul koʻrardi. Zaporijjyadagi „Torpedo“ jamoasiga oʻtgach, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan (bu uning shartlaridan biri edi). 1994/95-yilgi chempionatning dastlabki 7 turida himoyada oʻynagan, ammo keyinchalik murabbiy Igor Nadein uni hujumchi pozitsiyasiga oʻtkazgan. Oʻsha mavsum yakunida Avakov 21 ta gol urib, Ukraina chempionatining eng samarali toʻpurari boʻlgan.

1996-yil qishida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga oʻtgan, ammo iyulgacha oʻynamagan: klublar oʻrtasidagi transfer summasi boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli uni yarim yil davomida qaydnomaga kiritib boʻlmagan. Arsen „Spartak“ jamoasi oʻtish taklifini olgan, biroq rad etgan. Buning sababini uni „Torpedo“ga taklif qilgan Valentin Ivanovga bergan soʻzi bilan tushuntirgan. Keyingi yili u asosiy tarkibga kamdan-kam kiritila boshlagan. Janubiy Koreyaga mahalliy klublardan biriga sinov oʻyinlarida ishtirok etish uchun borgan, ammo klub bilan kelishuvga erisha olmagan. 1997-yil yozida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga oʻtgan, biroq keyingi mavsumni yana Moskvaning „Torpedo“ jamoasida boshlagan.

1999-yilgi mavsumda Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ jamoasida oʻynab, chempionatda 13 ta gol urishga erishgan. 2000-yilgi mavsumda yana „Torpedo“ klubiga qaytgan. 2001—2002-yillarda Elistaning „Uralan“ jamoasida toʻp surgan. 2001-yilgi mavsumda birinchi divizionda 13 ta gol kiritishga erishgan.

1997-yilgi Intertoto kubogining uchta oʻyinida va 2000/01-yilgi UEFA kubogining bitta uchrashuvida maydonga tushgan.

Terma jamoadagi faoliyati

1992—1999-yillarda Tojikiston terma jamoasi tarkibida oʻynagan. 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari musobaqasida ishtirok etgan.

Futboldan keyingi faoliyati

Futbolchilik faoliyatini tugatgach oilasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtgan. Arsen futboldagi yosh iqtidorlarini oʻzini koʻrsatishida yordamlashgan, futbolchilarga hizmat koʻrsatuvchi agent sifatida ish olib borgan.

2015-yilda Simferopolning „TSK-Tavriya“ jamoasida bosh menejer lavozimida faoliyat yuritgan. Matbuotda uni tez-tez boshqa inson, Ukrainaning Xarkov viloyati gubernatori boʻlgan Arsen Avakov bilan adashtirib yuborishadi.

Faoliyat statistikasi

Terma jamoadagi statistikasi

Terma jamoadagi gollari

Statistika 1997-yil 22-iyunga oid

Sana Stadion Raqib Hison Natija Musobaqa
1. 1996-yil 8-may Markaziy stadion, Dushanbe, Tojikiston   Oʻzbekiston 4–0 4–0 1996-yilgi Osiyo Kubogi saralashi
2. 1997-yil 1-iyun Thống Nhất stadioni, Xoshimin, Vyetnam   Vyetnam 0–3 0–4 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3. 1997-yil 22-iyun Markaziy stadion, Dushanbe, Tojikiston   Turkmaniston 1–0 5–0
4. 3–0
5. 4–0

Yutuqlar

Jamoaviy

  • Tojikiston Oliy ligasi chempioni: 1992-yil
  • Tojikiston kubogi gʻolibi: 1992-yil
  • Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori: 2000-yil
  • Rossiyaning birinchi divizioni gʻolibi: 2001-yil
  • Ukraina birinchi ligasining kumush medali sovrindori: 1992/93-yil

Shaxsiy

  • Ukraina chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1994/95-yil
  • „Ikkinchi nafas“ mukofoti sohibi: 1999-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, arsen avakov haqida ma’lumot. arsen avakov nima? arsen avakov nimani anglatadi?

Yuqori