Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anna Andreevna Axmatova (taxallusi; tugʻilgandagi familiyasi Gorenko) (1889-yil 23-iyun, Odessa — 1966-yil 5-mart, Moskva viloyati, Domodedovo shahri; Sankt-Pet

Anna Axmatova

Anna Andreevna Axmatova (taxallusi; tugʻilgandagi familiyasi Gorenko) (1889-yil 23-iyun, Odessa — 1966-yil 5-mart, Moskva viloyati, Domodedovo shahri; Sankt-Peterburgda dafn etilgan) — rus shoirasi.

Anna Andreevna Axmatova

Anna Axmatova 1920-yillarda
Tavalludi
Anna Andreevna Gorenko

23-iyun 1889-yil
Odessa, Xerson guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 5-mart 1966-yil(1966-03-05)
(76 yoshda)
Domodedova, Moskva viloyati, RSFSR, SSSR
Taxallusi Anna Axmatova
Kasbi Shoir, tarjimon, adabiyotshunos
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya imperiyasi
SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Sarskoselskaya ayollar gimnaziyasi
Yevpatoriya ayollar gimnaziyasi
Fundukleyevskaya ayollar gimnaziyasi
Kiyev oliy ayollar kurslari
N.P.Rayev ayollar oliy tarix-adabiyot kurslari
Yoʻnalish Akmeizm, modernizm
Faoliyat yillari 1911—1966-yillar
Janr Sheʼriyat
Mukofotlari
Imzosi

1910-yildan asosan Peterburgda yashagan. Birinchi sheʼrlar kitobi „Oqshom“ 1910-yilda chiqqan. „Tasbeh“ (1914), „Oqgala“ (1917), „Bar-gizub“ (1921) va boshqa kitoblaridagi sheʼrlarida lirik kechinmalar, tanholik tuygʻulari ifodalangan. Inqilobiy voqeliqdan uzoq boʻlsa-da, Axmatova bari bir muhojirlarni, yaʼni vatangado kishilarni qoralab sheʼrlar yozadi („Men oʻz yerini tashlaganlar bilan birga emas-man…“).Bir necha yillar mobaynida Anna ijodining yangi qirralari shakllandi, asarlarida Vatan mavzui ustunlik qila boshladi. 1930−1940-yillardagi sheʼrlarida Vatan, vatanparvarlik mavzulari keng aks etgan („Oltin kitobdan“, 1940; „Tanlangan asarlar“, 1944). Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda yashab, „Toshkent sheʼrlari“ (1944) turkumini yaratgan. „Qahramonsiz poema“ (1940 — 62) asari — Anna ijodining choʻqqisi. „Vaqtning tez oʻtishi“ (sheʼriy toʻplam, 1965) kitobida Anna ijodining oʻziga xos tomonlari aks etgan. Sharq, Gʻarbiy Yevropa shoirlari ijodidan tarjimalar qilgan („Koreya mumtoz sheʼriyati“, 1958; „Sharq mumtoz sheʼriyati“, 1969 va boshqalar). Anna nazmi umuman badiiy soddaligi, loʻndaligi va uslubining oydinligi, obrazlarining aniqligi va odmiligi, chuqur lirikli-gi va musiqiyligi bilan alohida ajralib turadi. Sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1966,1969). Toshkentda Anna yashab ijod etgan uy oʻrnida qurilgan binoga (Sodiq Azimov koʻchasi, 54) shoira xotirasini abadiylashtiruvchi lavha oʻrnatilgan (1976).

Xotira

Pushkin (Axmatova koʻchasi), Kaliningrad, Odessa, Kiev, Donetsk, Toshkent, Moskva, Tyumen, Astraxan, Maykop va Tomskda Anna Axmatova nomidagi koʻchalar mavjud, Yevpatoriyada (Qrim Muxtor Respublikasi) Anna Axmatova oʻtish joyi mavjud.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, anna axmatova haqida ma’lumot. anna axmatova nima? anna axmatova nimani anglatadi?

Yuqori