Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anglosakslar — 5-6-asrlarda Brtaniyani bosib olgan german qabilalari — angllar, sakslar, yutlar va frizlarning umumiy nomi. 7 — 10-asrlarda oʻzida kelt xususiya

Anglosakslar

Anglosakslar — 5-6-asrlarda Brtaniyani bosib olgan german qabilalari — angllar, sakslar, yutlar va frizlarning umumiy nomi. 7 — 10-asrlarda oʻzida kelt xususiyatlarini singdirgan saks elati shakllandi. Anglosakslar brittlar va skandinaviyaliklarga qarshi birlashish va kurashish jarayonida xalq sifatida shakllandi. Normandlar istilosidan (1066) soʻng Anglosakslar Angliyaga kelib joylashgan danlar, norveglar, Fransiyadan kelganlar (normandiyaliklar) bilan aralashib, ingliz xalqining tarkib topishiga asos boʻlganlar.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, anglosakslar haqida ma’lumot. anglosakslar nima? anglosakslar nimani anglatadi?

Yuqori