Alburz ustoni (forscha: استان البرز, Ostân-e Alborz) Eronning oʻttiz bir ustinidan biri boʻlib, markazi Karaj shahrida hisoblanadi. Alburz aholisining koʻpchiligini etnik forslar tashkil etadi.
Alburz ustoni Ostān-e Alburz | |
|---|---|
| uston | |
![]() ![]() ![]() ![]() | |
| {{flagicon|Iran}] Bayroq | |
| 36°0′40″N 50°48′34″E / 36.01111°N 50.80944°E | |
| Mamlakat | Eron |
| Hukumat | |
| Mojtaba Abdollahi | |
| Maydon | 5,833 km2 (2,252 kv mi) |
| Aholisi (2016) | 2 712 400 |
| Telefon kodi | 026 |
| | |
| Yil | Aholi | ±% |
|---|---|---|
| 2011 | 2 412 513 | — |
| 2016 | 2 712 400 | +12.4% |
Tehronning shimoli-gʻarbida joylashgan Alburz ustonida 7 ta okrug bor: Karaj okrugi, Savojbolog okrugi, Taleqan okrugi, Eshtehard okrugi, Fardis okrugi, Nazarobod okrugi va Chahorbogʻ okrugi. Karaj ustonning markazi hisoblanadi. AlburzTehrondan 35km gʻarbda joylashgan. Alburz ustoni Alburz togʻlari etagida joylashgan va Eronning hududdagi eng kichik ustonidir.
Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2016-yilda Alburz aholisi 2 712 400 kishini tashkil etgan, ularning 92,6 foizi shaharlarda istiqomat qiladi.
Shaharlar
- Toleqon
- Nazarobod
- Hashtgerd
- Eshtehard
- Kuhsar
- Golsar
- Kamol Shahr
- Karaj
- Garmdarreh
- Fardis
- Meshkin Dasht
- Muhammad Shahr
- Mahdasht
- Safadasht
- Malard
Transporti
- Metro — Tehron metrosi Karaj bilan 5-liniya (toʻq yashil) orqali ulanadi. ustonda 3 ta metro bekati bor: Karaj, Muhammadshahr va Golshahr. Golshahrdan Hashtgerdgacha boʻlgan boshqa yoʻnalish 25 kilometr uzunlikda boʻlib, kuniga 250 ming yoʻlovchini tashish imkoniyatiga ega.
- Poyezd — Tehronni Eronning gʻarbiy qismlari bilan bogʻlaydigan va Turkiyaga ketadigan barcha poezdlar Karaj orqali oʻtadi va ularning aksariyati Karaj temir yoʻl stantsiyasida toʻxtaydi.
- Avtobus — Karaj, Tehron va Tabrizni bogʻlaydigan 2-erkin yoʻlda qatnaydi.
- Umumiy taksi — Bir nechta umumiy taksi (savari) stantsiyalari Tehrondan Alburz ustonining turli qismlariga kelish imkoniyatini beradi. Stansiyalar Vanak, Tajrish, Enghelab va Azadida joylashgan. Ularning narxi yoʻnalishlariga qarab qarab 40 000 dan 50 000 rialgacha oʻzgarib turadi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alborz ustoni haqida ma’lumot. alborz ustoni nima? alborz ustoni nimani anglatadi?


