Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Al-Mutavakkil III (arabcha:المتوكل على الله الثالث) 1508-yildan 1516-yilgacha, soʻngra yana 1517-yilda Mamluklar sultonligi tasarrufidagi Qohiraning oʻn yettinc

Al-Mutavakkil III

Al-Mutavakkil III (arabcha:المتوكل على الله الثالث) 1508-yildan 1516-yilgacha, soʻngra yana 1517-yilda Mamluklar sultonligi tasarrufidagi Qohiraning oʻn yettinchi Abbosiy xalifasi boʻlib xizmat qilgan.

Al-Mutavakkil III
Abbosiy xalifa (Amir al-Mu'minin)
1-davri 1508–1516-yillar
Oʻtmishdoshi Al-Mustamsik
Davomchisi Al-Mustamsik
2-davri 22-yanvay 1517-yil
Oʻtmishdoshi al-Mustamsik
Davomchisi Salim I Yovuz (Usmonlilar davlati)
Otasi Al-Mustamsik
Dini Sunni Islom

Hayoti

U keyinchalik Misrda hukmronlik qilgan xalifalikning oxirgi xalifasi edi. Moʻgʻullar Bagʻdodni talon-taroj qilishlari va 1258-yilda xalifa Al-Mustaʼsim qatl etilganidan buyon, Qohiradagi bu xalifalar mamluk sultonlarining haqiqiy hokimiyatini qonuniylashtirish uchun foydalaniladigan rasmiy hukmdorlar sifatida Qohirada istiqomat qilib kelishgan.

Al-Mutavakkil III 1516-yilda oʻzidan oldingi Al-Mustamsik tomonidan qisqa muddatga taxtdan agʻdarilgan, ammo keyingi yili lavozimiga tiklangan. 1517-yilda Usmonli sultoni Salim I Mamluklar sultonligini magʻlub etishga muvaffaq boʻldi va Misrni Usmonlilar imperiyasining bir qismiga aylantirdi. Al-Mutavakkil III oilasi bilan qoʻlga olindi va Konstantinopolga olib ketildi.

Anʼanaviy tarixiy manbalarga koʻra, oʻsha paytda u xalifalik unvonini, shuningdek uning tashqi ramzlari – Muhammad paygʻambarning qilichi va ridosini Usmonli sultoni Salim I ga rasman topshirgan. Bu rivoyat 1780-yillargacha manbalarda uchramaydi va 1774-yilgi Kuchuk Qaynarja shartnomasida taʼkidlanganidek, imperiyadan tashqaridagi musulmonlar ustidan xalifa hukmronligini asoslash uchun keyinchalik manbalarga qoʻshilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, al-mutavakkil iii haqida ma’lumot. al-mutavakkil iii nima? al-mutavakkil iii nimani anglatadi?

Yuqori