Adigey tili – Rossiya Federatsiyasidagi Adigeya va Qorachoy-Cherkasiya Respublikalarida yashovchi adigey xalqining tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-adigey guruhiga kiradi. Adigey tili 4 shevaga boʻlinadi: abadzex, bjedux, temirchoy, shapsuch. Undosh tovushlarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Lugʻat tarkibi asosan bir boʻgʻinli soʻzlardan tashkil topgan. Yozuvi kirill grafikasi asosida.
| Adigey tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | Адыгабзэ |
| Mamlakatlar | Rossiya, Turkiya, Iordaniya va Suriya |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 490,000 (1986–2010) |
| Alifbosi | Kirill alifbosi, Adyghe alphabet va arab yozuvi |
| Til kodlari | |
| ISO 639-2 | ady |
| ISO 639-3 | ady |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, adigey tili haqida ma’lumot. adigey tili nima? adigey tili nimani anglatadi?