Abulqosim Bobur (1422-yil, Hirot − 1457-yil, Mashhad) – temuriylar sulolasidan boʻlgan shoir va mirzo, Boysunqur mirzoning oʻgʻli. Bobosi Shohrux mirzo qoʻl ostida tarbiyalangan. Abulqosim Bobur Xuroson taxti uchun kurashda gʻolib chiqib, 1449-yil fevral oyida Hirotni egallaydi. Shuningdek, u temuriylarning Xurosondagi hukmdori ham boʻlgan (1449—1457-yillar). 1454-yilda Samarqand uchun qilgan jangi muvaffaqiyatsiz boʻladi va qirq kunlik qamaldan soʻng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bitimga koʻra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat oʻrtasidagi chegara boʻlib qolgan. Abulqosim Bobur shoirlarni toʻplab mushoiralar oʻtkazgan va oʻzi ham turkiy, forsiy tillarda sheʼrlar yozgan.
| Abulqosim Bobur | |
|---|---|
![]() 1552-yil Safaviylar davrida Boysungʻur oʻgʻli Abulqosim Bobur tasvirlangan. Bodleian kutubxonasi, MS Ouseley Add. 24, fol. 174r | |
| Saltanat | 1449–1457 |
| Oʻtmishdoshi | Mirzo Ulugʻbek |
| Davomchisi | Mirzo Shohmahmud |
| Tugʻilishi | 7-iyun 1422-yil Hirot, |
| Vafoti | 1457-yil (34-35 yosh) Mashhad, Temuriylar imperiyasi |
| Dafn etilgan joy | Imom Rizo ansambli, Mashhad |
| Turmush oʻrtogʻi | Davlat Sulton Begim Begi Jon Ogʻo Kanizak Begi Ogʻo |
| Uy | Temuriylar |
| Otasi | Boysungʻur |
| Onasi | Gavhar Nasab Ogʻo Xorazmiy |
| Dini | Islom |
Adabiyotlar
- Peter Jackson (1986). The Cambridge History of Iran, Volume Six: The Timurid and Safavid Periods. ISBN 0-521-20094-6
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abulqosim bobur haqida ma’lumot. abulqosim bobur nima? abulqosim bobur nimani anglatadi?
