Tasman Abel Yanszon (niderlandcha: Abel Janszoon Tasman, 1603, Lutgegast, Groningen provinsiyasi — 1659, 10-oktabr, Jakarta) — gollandiyalik dengizchi sayyoh, Niderlandiyaning OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. 1638—41 yillarda savdo kemasiga qoʻmondonlik qilib, Sharqiy Osiyo dengizlarida suzgan. Shimolda Yaponiyagacha suzib borib, Bonin orolini kashf qilishda (1639) qatnashgan. Okeaniya (1642—43) va Avstraliyani (1644) tadqiq qilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan.
| Abel Janszoon Tasman | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1603 Lutgegast, Groningen provinsiyasi |
| Vafoti | 1659, 10-oktabr Jakarta |
| Fuqaroligi | Dutch Republic |
| Kasbi | sayohatchi-tadqiqotchi |
Tasman 1-ekspeditsiyaning maqsadi boʻlgan „nomaʼlum janubiy materik“ni izlash davomida Van Dimen Yerining janubiy va sharqiy sohillarini (1853-yilda orol uning nomiga qoʻyilgan), Yangi Zelandiyaning gʻarbiy sohili, TriKings va Tonga orollari, Fiji guruhidagi baʼzi orollarni topib xaritaga tushirgan.
2-ekspeditsiya Karpentariya qoʻltigʻining janubiy va gʻarbiy sohillari, Avstraliyaning shimoli-gʻarbiy qismigacha yetib bordi. Ikkala ekspeditsiya Avstraliyaning alohida quruqlik ekanligini, taxmin qilingan janubiy materik bilan tutash emasligini tasdiqladi. Avstraliya bilan Yangi Zelandiya oraligʻidagi dengiz, orol, Yangi Zelandiyaning Janubiy orolidagi qoʻltiq, muzlik va boshqa geografik obʼyektlar Tasman nomi bilan atalgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- (unspecified title) — University of Tasmania.
- (unspecified title)
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abel tasman haqida ma’lumot. abel tasman nima? abel tasman nimani anglatadi?
